Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Instagramdagi qiz «o‘g‘il bola» bo‘lib chiqdi

Instagramdagi qiz «o‘g‘il bola» bo‘lib chiqdi

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi K.R. (ayol)  va P.L. (ayol) IIOga murojaat qilib, «aiaulim.04.04» nomli profil egasi voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ulardan pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A., voyaga yetmagan jabrlanuvchilar — S.A. (qiz) va Yu.Ye. (qiz)larga o‘zini qiz bola sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarini qo‘lga kiritib, ularni tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 300AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilgan. Mazkur pullarni olayotgan vaqtida esa tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring