Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim toifa xotin-qizlar davlat tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga olinishi mumkin

Ayrim toifa xotin-qizlar davlat tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga olinishi mumkin

Parlament Quyi palatasida deputatlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, daromadli mehnat bilan kafolatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bu boradagi islohotlar natijasida kambag‘allik darajasi qisqarmoqda, fuqarolar farovonligi ortmoqda.

Olib borilayotgan sa’y-harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida qonunchilikda yangi normalarni aks ettirish zarurati yuzaga kelyapti.

Ushbu qonun loyihasi bilan amaldagi «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga joylashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bunga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asos bo‘ladi.

Shuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi ishga joylashtirish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning kengayishiga, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgani qayd etildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring