Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Endi mahalla inspektorini izlab yuriş şart emas

Endi mahalla inspektorini izlab yuriş şart emas

Mahallada biror muammo yuzaga kelganda, profilaktika inspektoriga murojaat qiliş uçun uning xizmat xonasiga boriş odatiy hol. Biroq inspektor xizmat vazifasi bilan boşqa joyda bölsa-çi? Fuqaro uni izlab yurişi yoki qayta kelişga majbur böladimi?

Endi bunday holatlarda fuqarolarning vaqtini tejaş va murojaatlarning eʼtiborsiz qolib ketmasligini taʼminlaşga qaratilgan yangi tartib joriy etilmoqda.

2026-yil 25-noyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 639-son qarori bilan profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari eşiklariga taşqi tomondan maxsus aloqa tugmalarini örnatiş va ular orqali xabar yuboriş tartibi belgilandi.

Yangi tartibga köra, 2027-yil 1-fevraldan boşlab profilaktika inspektorlari xizmat xonalari eşigiga aloqa tugmalari örnatila boşlanadi. Uşbu tugmalarning asosiy vazifasi — inspektor xonasida bölmagan vaqtda ham fuqaroning u bilan boğlanişini taʼminlaş. Yaʼni murojaat qiliş uçun inspektorning qaytib kelişini kutiş yoki uning qayerdaligini aniqlaşga harakat qiliş şart bölmaydi.

Belgilangan rejaga muvofiq, respublika böyiça jami 8 837 ta xizmat xonasi bosqiçma-bosqiç şunday qurilmalar bilan jihozlanadi. 2027-yilda 2 941 ta, 2028-yilda esa qolgan 5 896 ta xizmat xonasida aloqa tugmalari örnatiladi.

Bu, ayniqsa, inspektorning xizmat xonasida bölmagan vaqtida unga murojaat qilişga ehtiyoj sezadigan aholi uçun qulaylik yaratadi. Qarordagi eng eʼtiborli jihatlardan biri murojaatni qabul qiliş uçun aniq muddat belgilanganidir.

Agar bir mahallada bir neçta profilaktika inspektori faoliyat yuritsa, aloqa tugmasi orqali yuborilgan çaqiruv ularning barçasiga bir vaqtning özida kelib tuşadi.

Inspektorlar xabarni beş daqiqa içida qabul qiliş çorasini körişi kerak. Çaqiruvni birinçi bölib qabul qilgan inspektor murojaatni örganiş bilan şuğullanadi.

Eng muhimi, belgilangan vaqt içida inspektorlardan heç biri murojaatni qabul qilmasa, xabar avtomatik ravişda «112» yagona dispetçerlik xizmati operatorlariga yönaltiriladi.

Bu mexanizmning ahamiyati şundaki, fuqaroning murojaati muayyan inspektorning bandligi yoki xizmat xonasida yöqligi sababli eʼtiborsiz qolib ketmasligi uçun qöşimça nazorat mexanizmi yaratiladi.

Qaror faqat aloqa tugmalarini örnatiş bilan çeklanmaydi. Unda murojaatlarni körib çiqiş jarayonini raqamlaştirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Uç oy muddatda «E-material» axborot tizimida yangi imkoniyatlar yaratilişi belgilangan. Jumladan, fuqarolarning tuşuntirişlarini ovozli şaklda oliş, murojaatlarni körib çiqiş, qabul qilingan qarorlarni elektron rasmiylaştiriş va tasdiqlaş imkoniyati joriy etiladi.

Bu nimani anglatadi?

Avvalo, murojaat bilan işlaş jarayonini elektron şaklda yuritiş imkoniyati kengayadi. Tuşuntirişlarni ovozli şaklda oliş esa fuqaroning aytganlarini qayd etiş jarayonini soddalaştirişga xizmat qilişi mumkin.

Şu bilan birga, qarorlarni elektron rasmiylaştiriş murojaatlarni körib çiqişda raqamli nazorat mexanizmlarini kuçaytirişga qaratilgan.

Inspektor murojaatni qabul qilmasa, javobgar böladimi?

Yangi tartibda profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholaş masalasi ham nazarda tutilgan. Ikki oy muddatda ularning faoliyatini reyting asosida baholaş — KPI moliyaviy modeli qayta işlab çiqiladi.

Bundan taşqari, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilişni rad etiş, ularni yaşiriş yoki hisobga olmaslik qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişi belgilangan.

Yana bir muhim jihat fuqaroning iltimosiga köra, uning şaxsiga doir maʼlumotlar oşkor etilmaydi. Bu, ayniqsa, murojaat qilişdan turli sabablarga köra tiyilib turadigan fuqarolar uçun muhim kafolat hisoblanadi.

Qarorda belgilangan yangiliklarning asosiy maqsadi, profilaktika inspektori bilan aholi örtasidagi aloqani yanada qulaylaştiriş, murojaatlarni qabul qiliş jarayonini şaffoflaştiriş va ularning nazoratsiz qolib ketişining oldini olişdir.

Endi fuqaro inspektorni xizmat xonasidan topa olmagan taqdirda ham murojaat qiliş imkoniyatiga ega böladi. Çaqiruvning bir vaqtning özida bir neçta inspektorga yuborilişi va beş daqiqalik muddat belgilanişi esa murojaatga tezkor munosabat bildiriş mexanizmini şakllantiradi.

Albatta, bu tizimning samaradorligi aloqa tugmalarining texnik jihatdan barqaror işlaşi, xabarlarning öz vaqtida yetkazilişi va inspektorlarning masʼuliyatiga ham boğliq.

Eng muhimi, mahallada xavfsizlikni taʼminlaş faqat huquq-tartibot organlarining emas, balki aholi bilan doimiy va samarali muloqotning ham natijasidir. Yangi tartib esa ana şu muloqotni yanada yaqinlaştirişga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring