Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jizzaxda samosud» videosi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

«Jizzaxda samosud» videosi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Foto: Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqlarda «Jizzaxda samosud» nomli video tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax IIB bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 10 sentyabr kuni fuqaro T.Z Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan E.O, I.D va N.Shlar uning muqaddam ijtimoiy tarmoq orqali yuborgan rasmini o‘zaro muhokama qilish uchun chaqirib, turli so‘zlar bilan haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati yetkazganligi va ushbu jarayonni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganligi sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 20 sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring