Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karate federatsiyasi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Karate federatsiyasi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: facebook.com/Karateuzb

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan davtlabki tergov harakatlari olib borilayotir. Tergov jarayonida amalga oshirilgan taftish natijasida noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar aniqlandi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Uzoq tanaffusdan so‘ng federatsiya raisi vazifasiga tayinlangan N.Nafasov «eski-yangi» lavozimida yarim yilcha (2018-yil 16-maydan boshlab oktyabr oyigacha) faoliyat ko‘rsatdi, xolos. So‘ng mojaroli tarzda vazifasidan chetlatilgan edi. Shundan buyon Nafasov va Milliy olimpiya qo‘mitasi mansabdorlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqanining sirli joyi qolmagan. Bundan anglashiladiki, kelishmovchilik jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga olib kelganining ehtimoli katta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring