Muhojirlarning qurolli harakatlarda ishtirok etish holatlari ko‘payyapti – Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik muhojirlarga chet ellardagi qurolli mojarolarda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka olib kelishi haqida eslatmoqda.
«Qator davlatlarda mehnat migrantlarini qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda. Bu sizning hayotingizga, erkinligingizga va kelajagingizga xavf soladi», – deyiladi Agentlik axborotida.
Shuningdek, quyidagilarni qat’iy ravishda taqiqlanishni ta’kidlamoqda:
- qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
- harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
- xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
- shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.
Mavzuga doir: Samarqandda ikki nafar yollanma askar uy qamog‘iga hukm qilindi
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi eslatilgan.
«Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari yoki Migratsiya agentlikning vakolatxonalariga murojaat qiling», – deb yozadi Agentlik matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter