Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murod Xonto‘rayevga hujum qilgan «niqoblilar» ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda

Murod Xonto‘rayevga hujum qilgan «niqoblilar» ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda

Foto: «instagram.com/team_kxanturaev»

Sportchi Murod Xonto‘rayevning ofisiga bostirib borib, unga sovuq qurol bilan tan jarohati yetkazgan niqobli bosqinchilar ustidan sud ishi boshlandi.

Hujumda ishtirok etgan yetti jinoyatchining olti nafari retsidivist ekani aniqlandi. Oliy sud matbuot xizmati tomonidan UzNews.uz’ga ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda jinoiy ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida quyidagi shaxslar ustidan ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tyapti:

- I. Abdulahatov (1991 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan);

- T. Azizov (1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan);

- S. Akbarov (1990 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan);

- S. Vadenov (1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan);

- O. Sodiqov (1985 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan);

- J. Saynazarov (1988 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlanmagan);

- S. Fatxullayev (1991 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiladi, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan).

Ushbu jinoyat jinoiy ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudya Akmal Ergashev va xalq maslahatchilari B. Muslimov hamda M. Mirxamidov tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 2019 yilning 12 aprelida boshlangan sud majlisi davomida sudlanuvchilar va jabrlanganlar (M. Xonto‘rayev, S. Zunnunov va I. Saidov) bilan bir qatorda guvohlar ko‘rsatmalari tinglandi.

Ayni vaqtda sud surishtiruvi davom etyapti va qolgan guvohlar so‘roq qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring