Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda sportchi otib ketildi

Qashqadaryoda sportchi otib ketildi

Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan sambochi To‘ra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi shaxs o‘zaro janjal davomida temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurol bilan T.Avloqulovning bosh qismiga qaratgan holda bir marta o‘q uzgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan jabrlanuvchi T.Avloqulov 31 mart kuni vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring