Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘riqlash xizmati mansabdorlariga yangi vakolat berildi

Qo‘riqlash xizmati mansabdorlariga yangi vakolat berildi

Endi ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlar IIV huzuridagi qo‘riqlash xizmati mansabdorlari tomonidan ham ko‘rib chiqiladi. Bu bo‘yicha tegishli qonun 2026-yil 19-may kuni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga bir qator ma’muriy ishlar bo‘yicha vakolat berilmoqda.

Xususan, jamoat joylarida tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, maishiy shovqinga qarshi talablarni buzish kabi holatlar bo‘yicha ishlar ular tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar ham mazkur tuzilma vakolatiga o‘tkazilmoqda.

Qonun bilan qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslariga boshqa qator huquqbuzarliklar yuzasidan ham ish yuritish huquqi berildi. Jumladan, oz miqdorda talon-taroj qilish, mayda bezorilik va sovuq qurolni olib yurish bilan bog‘liq ishlar shular jumlasidan.

Bundan tashqari, diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash yoki tarqatish holatlari bo‘yicha ham ma’muriy ishlar ko‘rib chiqiladi.

Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish va voyaga yetmaganlarni ma’muriy huquqbuzarlikka jalb qilish bilan bog‘liq holatlar ham yangi vakolatlar qatoriga kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring