Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda YPX xodimi haydovchining telefonini tortib oldi. Bu qonuniymi? (video)

Samarqandda YPX xodimi haydovchining telefonini tortib oldi. Bu qonuniymi? (video)

Skrinshot

Feysbuk tarmog‘idagi guruhlardan birida Samarqandda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Unda ma’lum bo‘lishicha xodim haydovchining telefonini tortib olgan. 

Bunga qonunchilik nima deydi? Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi masalaga izoh berdi. 

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 18-bandiga asosan haydovchi, yo‘lovchi va piyodalar YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.

Foto va video tasvirga olish faqat taqiqlangan belgi mavjud bo‘lgan hududda mumkin emas.

Bundan tashqari, haydovchi, yo‘lovchi va piyodalar quyidagi huquqlarga ega:

  • YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish;
  • transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;
  • xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;
  • sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
  • huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
  • huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
  • asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
  • YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish;
  • o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishish yoki maxsus tadbirlar o‘tkazilayotganligi haqida MADX — ADXdan ma’lumot olish;
  • huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘idan dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;
  • o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;
  • YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
  • o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring