Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tekin huquqiy maslahat kerakmi? «Madad» ish boshladi

Tekin huquqiy maslahat kerakmi? «Madad» ish boshladi

Joriy yilning 6 noyabr kuni «Madad» muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Toshkent shahrida birinchi tuman huquqiy maslahat byurosi ofisi ochildi. Ushbu byuro Davlat xizmatlari markazining Chilonzor tumanida foydalanishga topshirilgan yangi binosida ish boshlamoqda. Maqsad, aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatib, xalqqa xizmat qilishdir.

«Huquqiy madad - hammaga, har doim, hamma joyda!» – «Huquqiy maslahat — bepul, tezkor, hammaga!» kabi shiorlar ostida xizmat ko‘rsatuvchi byuro alohida bo‘linma hisoblanadi hamda aholiga beg‘araz huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar ko‘rsatish orqali ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi.

Byuroning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

— fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;
— fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;
— fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
— aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni tatbiq etish.

Byuro fuqarolarning murojaatlari bilan qanday tartibda ishlaydi?

Byuro bosh mutaxassisi fuqarolarning murojaatlari bilan quyidagi tartibda ishlaydi.
Byuro bosh mutaxassisi tomonidan:

— fuqarolar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha soat 9-00 dan 18-00 gacha (13-00 dan 14-00 gacha tushlik vaqti) qabul qilinadi;
— qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha real vaqt rejimida huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar beriladi;
— qabulga kelgan fuqarolar va ularning murojaatlarga oid tegishli ma’lumotlar elektron dasturga kiritiladi;
— yozma murojaatlar bilan kelgan fuqarolarga, ularning murojaatlarini elektron tarzda Advice.uz (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali orqali onlayn rejimda mutaxassislarga yuborish tartibi tushuntiriladi;
— tegishli hujjat loyihalarini yozma ravishda tayyorlashga amaliy yordam so‘ragan fuqarolarga, qonun hujjatlariga muvofiq hujjat namunalarini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.
Byuro bosh mutaxassisi qabuliga kelgan boshqa fuqarolarning huquqlarini buzmaslik maqsadida, har bir fuqaroga, ularning murojaatlari bo‘yicha 5 daqiqadan
15 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qo‘shimcha tushuntirishni talab etadigan murojaatlarga
30 daqiqagacha vaqt ajratilishi mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring