Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz kaltaklandi (video)

Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz kaltaklandi (video)

Foto: «UzNews.uz»

Surxondaryoda bo‘layotgan Baxshilar festivaliga liboslar to‘qib bergan tadbirkor o‘nlab kishilar tomonidan ayovsiz kaltaklangan va unga jiddiy jarohat yetkazilgan, deb xabar berdi «UzNews.uz».

Toshkent shahri Uchtepa tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan va kashta, milliy liboslar bezagini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Anvar Rajabovning sexiga bir necha nafar noma’lum kishilar qo‘llarida bita, armatura va boshqa temir bo‘laklari bilan kelib toki ayanchli holga kelgunigacha kaltaklashgan.

U shoshilinch tarzda Chilonzor tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan va hamon og‘ir ahvolda shifoxonada yotgani, bu holatni prokuratura organlari hali to‘liq o‘z nazoratiga olmagani hamda tadbirkorni kaltaklaganlar uning oldiga kelib nima sababdan IIVga murojaat qilgani yuzasidan izoh so‘rayotgani hamda kaltaklaganlarning kuchli tanishlari kaltaklangan tadbirkorni tezroq shifoxonadan chiqishini talab qilishayotgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring