Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 9 kunda 19 mingga yaqin qarzdor aniqlandi

Toshkentda 9 kunda 19 mingga yaqin qarzdor aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi bo‘yicha qo‘shma reyd-tadbir o‘tkazdi.

2019-yilning 30-yanvaridan boshlangan tadbirning 9-kunida jami bo‘lib undirilgan jarimalar miqdori 5 mlrd. 603 mln. 065 ming 115 so‘mni tashkil etdi. Jarimalar jami 18 700 nafar qoidabuzardan undirildi.

Tahlillarga ko‘ra, poytaxtlik haydovchilar ishtirokida boshqa viloyatlarda sodir etilgan huquqbuzarliklari soni 9 513 ta bo‘lib, buning uchun 2 milliard 754 million 47 ming 219 so‘m jarima undirildi.

Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha poytaxtning 20 ta markaziy ko‘chasida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o‘rnatilgan avtomatik moslama yordamida 9 kunda 7 367 nafar qoidabuzardan 2 milliard 508 million 940 ming 726 so‘m jarima undirilgan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlarida 3 342 nafar qoidabuzar aniqlanib, ulardan 949 million 239 ming 593 so‘m jarima undirilgan.

Reyd davomida 53 ta avtotransport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirilgan. Bular orasida Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 14 ta avtotransport vositasi ham bor.

Majburiy ijro byurosi yo‘l harakati qoidalarini buzish oqibatida kelib chiqqan huquqbuzarliklar uchun vaqtida to‘lanmagan jarimalar endi shu tartibda majburiy undirilishini, aks holda avtotransport vositasi jarima maydonchasiga olib ketilishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring