Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda kartoshka ko‘rinishidagi ko‘p miqdorda «opiy» aniqlandi

Toshkentda kartoshka ko‘rinishidagi ko‘p miqdorda «opiy» aniqlandi

Videodan lavha

Shu yilning 13 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida Davlat bojxona qo‘mitasining kantrabandaga kurashish bosh boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Hududda «Damas» avtomobilini boshqarayotgan shaxslar kuzatuvga olinib, Toshkent tumanining Hasanboy mahallasida to‘xtilgan.

Ushbu avtomobil ichidagi 3 dona xo‘jalik qoplari belgilangan tartibda holislar ishtirokida ochib ko‘rilganda ularning ichida kartoshka ko‘rinishiga keltirilgan 481 dona o‘ramlar ichida  jami og‘irligi 77 kg.95gr «opiy» va «gashish» giyohvandlik vositalari yashirilganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ushbu mahsulotlarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan xorijiy davlat fuqarosi ham qo‘lga olingan.

Hozirda tezkor qidiruv tadbirlari davom etirilib, ushbu holatga a’loqador boshqa shaxslarni ham ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring