Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yana bir muz saroyi qurilishi mumkin

Toshkentda yana bir muz saroyi qurilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama etilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, poytaxtimizning Shayxontohur tumani Beruniy shoh ko‘chasida 2020 yil 1 sentyabrga qadar qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi tashkil qilinadi. Shuningdek, unga tutash hududda 2021 yilning 1 iyuligacha zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish, ta’lim muassasalari ob’yektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qaror loyihasi bilan batafsil tanishishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Muhokama 18 martga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring