Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vashingtonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi

Vashingtonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi

Foto: O‘zA

AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida 8 fevral kuni Filipp Jessop nomidagi Xalqaro huquqshunoslar musobaqasining milliy raundi bo‘lib o‘tdi.

Unda huquqshunos kadrlar tayyorlovchi 3 oliy ta’lim muassasasi – Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Uch raund davom etgan bahslarda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, aprel oyida AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro huquqshunoslar assotsiatsiyasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi BMTning Xalqaro adliya sudi huzuridagi sud jarayoni modeliga asoslangan holda o‘tkaziladi. Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi 100 ga yaqin davlatdagi huquqshunoslikka ixtisoslashgan 650 dan ziyod oliy o‘quv yurtini qamrab olgan dunyodagi eng katta sud tanlovidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring