Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent jamg‘armasi 720 mln. so‘mlik musobaqaga mezbonlik qiladi

Toshkent jamg‘armasi 720 mln. so‘mlik musobaqaga mezbonlik qiladi

Toshkent 32 ta davlatning professional sportchilari va havaskor yuguruvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan BYD Toshkent xalqaro marafoniga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Joriy yilning 21 aprel kuni tashkil etiladigan mazkur an’anaviy bahorgi 6- BYD Toshkent xalqaro marafoni 6 mingga yaqin yuguruvchini qabul qiladi.

Bugungacha 2 mingdan ortiq ishtirokchi Toshkent marafonida qatnashish uchun o‘z arizalarini topshirdi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan marafonda ishtirok etish uchun yaqin va uzoq xorijdan yetakchi sportchilar taklif etildi.

Toshkent marafoni qisqa fursatda yuqori tashkilotchilik tufayli World Athletics Label maqomiga ega bo‘ldi. Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining (World Athletics) rasmiy musobaqalar taqvimidan joy oldi. Xalqaro marafonlar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlandi.

Shu kunlarda boshlanishiga bir oy atrofida vaqt qolgan marafon ishtirokchilarini ro‘yxatga olish Perfend.com onlayn platformasi orqali davom etmoqda.

Aytish lozim, musobaqa dasturi klassik 42 km. marafon, 21 km. yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km. masofalarni o‘z ichiga oladi.

Marafonning shiddatli bahslari boshlanishidan bir kun oldin, ya’ni, 20 aprel kuni bolalar uchun Kids Run yugurish musobaqasi va boshqa yosh guruhlari uchun ommaviy yugurishga asoslangan bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Xalqaro marafonlar assotsiatsiyasi nizomida belgilangan talablar asosida marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish badali quyidagi qiymatlarda belgilangan.

– Kids Run (1 km.) va shimoliy yurish (3 km.) – 150 ming so‘m;

– 3 km. – 150 ming so‘m;

– 10 km. – 190 ming so‘m;

– Yarim marafon (21 km.) – 250 ming so‘m;

– Marafon (42 km.) – 350 ming so‘m.

– Toshkent marafonining 42 km. masofasini 6 soatda bosib o‘tgan, har bir ishtirokchiga II darajali kattalar sport toifasi beriladi. Toshkent marafonining bu yilgi umumiy sovrin jamg‘armasi 720 million so‘mni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida rekord o‘rnatish uchun asosiy mukofotlardan tashqari qo‘shimcha sovrinlar – marafon masofasi uchun 15 million so‘m va yarim marafon uchun 10 million so‘m taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring