Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorij aviakompaniyalari O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar haqida ma’lumotni DXXga taqdim etadi

Xorij aviakompaniyalari O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar haqida ma’lumotni DXXga taqdim etadi

Foto: Xabar.uz

Xorij aviakompaniyalari O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar haqidagi ma’lumotni DXX Chegara qo‘shinlariga taqdim etishining tartibi tasdiqlandi.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning standartlari va tavsiya etiladigan amaliyotini hisobga olgan holda chegara nazorati tartib-taomillari samaradorligini oshirish va soddalashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar havo kemalarining barcha ekspluatantlari tomonidan yo‘lovchilar bo‘yicha dastlabki ma’lumot taqdim etilishining majburiy tartibi joriy etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qilgan. Xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga xorijiy mamlakatlarning havo kemalari ekspluatantlari tomonidan yo‘lovchilar bo‘yicha dastlabki ma’lumot taqdim etilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 293-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorda qayd etilishicha, 2020 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy mamlakatlar havo kemalarining barcha ekspluatantlari tomonidan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar IKAOning standart formatida Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlariga taqdim etiladi. Yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar bilan ishlash DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan ishlab chiqiladigan tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar aviatsiya ma’muriyatlari va xorijiy aviatashuvchilar DXXga xalqaro tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot majburiy ravishda taqdim etilishi tizimi amalga kiritilishi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Mazkur tartibning joriy etilishi xorijiy sayyohlarning mamlakatga kelishi, bu yerda bo‘lishi va respublika hududidan chiqib ketishida qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

IKAO standartlari texnik talab bo‘lib, uning yagona tartibda qo‘llanilishi xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasining xavfsizligini yoki muntazamligini ta’minlash uchun zarur. IKAO tavsiya etiladigan amaliyoti ham texnik talab bo‘lib, uning yagona tartibda qo‘llanilishi xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasining xavfsizligini, muntazamligini yoki samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring