Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir xususiy bandlik agentlikda firibgarlik: 61 nafar fuqaro 2,6 mlrd. so‘mga chuv tushgani aytilmoqda

Yana bir xususiy bandlik agentlikda firibgarlik: 61 nafar fuqaro 2,6 mlrd. so‘mga chuv tushgani aytilmoqda

Yana bir xususiy bandlik agentligidagi firibgarlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «International Job Organization xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarning kirdikorlarni aniqlandi. Ya’ni, xususiy bandlik agentli rahbarlari 2019 yil davomida Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan  61 nafar fuqarolarning har biridan 45 mln. so‘mdan (jami 2,6 mlrd. so‘m) olib, jamiyatning hisob raqamiga o‘tkazdirishgan. Biroq amalda ularni ishga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishgani aytiladi.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqaroning  16 500 AQSh dollari hamda 125 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «International Job Organization xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring