Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchiga nimalar qilish taqiqlanadi?

Yo‘lovchiga nimalar qilish taqiqlanadi?

Foto: IIBB matbuot xizmati

«Yo‘l harakati qoidalari» yo‘l harakatining barcha ishtirokchilari tomonlaridan o‘rganilishi zarurligini bilasizmi? Misol uchun, yo‘llardagi xavfsizlikka transport vositalarining yo‘lovchilari muhim hissa qo‘shishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2015 yildagi «Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 370-son qarorida yo‘lovchilar zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan.

Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Yo‘lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

1) transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish;

2) harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;

3) transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;

4) transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring