Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shakardagi xatar. Yaltiragan narsa har doim ham oltin bo‘lavermaydi (Infografika)

Shakardagi xatar. Yaltiragan narsa har doim ham oltin bo‘lavermaydi (Infografika)

Foto: «Newsline»

Biz o‘zimiz o‘ylaganimizdan ham ko‘p shakar iste’mol qilamiz: shirinlik va pishiriqlar, non, paketli sharbatlardan tortib alkogolgacha shakarga to‘yingan. Choy va qahvani-ku aytmasa ham bo‘ladi.

Inson organizmidagi zararli bakteriyalar glyukozani «yaxshi ko‘radi». Bu makrobiotiklar tomonidan aniqlangan fakt. Ya’ni biz o‘zimiz istamagan holda shu bakteriyalarning nafsini qondirish bilan ovoramiz. Organizm bunday «shirin zo‘riqishlar»ga chidaydimi?

Biz kun mobaynida iste’mol qiladigan ichimlik va yeguliklarning qariyb uchdan bir qismida shakar bor, holbuki, organizm buni qayta ishlay olmaydi: semirish, teri kasalliklari, adrenalin va qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishi, ruhiy bezovtalik, diabet, saraton — mana, kasalliklar o‘chog‘i qayda!

Shirin sabablar, achchiq oqibatlar

Yaqinda Amerikaning Yel universiteti olimlari qon tarkibida qand miqdorining keskin pasayishi «yomon» uglevodlar (masalan, shirin kulcha) iste’molidan keyin paydo bo‘lishi va miyaning impulslarni nazorat qilish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishini isbotlab berishdi.

Shakar miqdorining organizmda ko‘payib ketishi bir qarashda bunga bog‘liqmasdek tuyulgan asoratlarda ham bilinadi. Masalan, husnbuzarlar... Ularni glyukoza bilan oziqlanuvchi bakteriyalar hosil qiladi.

Infografika: «Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring