Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Keça tunda yomonlaşgan Toşkent havosi bugun tongda yaxşilandi

Keça tunda yomonlaşgan Toşkent havosi bugun tongda yaxşilandi

Tashkent Air Data oçiq monitoring maʼlumotlariga köra, 27-noyabr soat 21:00 da AQI 82 ni taşkil etgan. Soat 22:00 da körsatkiç 90 ga, 23:00 da esa 98 ga yetgan. 28-noyabr soat 00:00 va 01:00 da ham indeks 97 darajasida saqlangan.

CERNS monitoringida 28-noyabr kuni ertalabgi dastlabki qayd etilgan körsatkiç AQI 60, PM2.5 zarraçalari miqdori esa 16,3 mkg/m³ bölgan. Mazkur maʼlumot bir soatlik kuzatuv natijasiga asoslangan.

Avvalroq eʼlon qilingan prognozda ham 27-noyabr keçqurun havo sifati yomonlaşişi, soat 21:00 dan 01:00 gaça xalqaro AQI indeksi böyiça «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajaga yetişi mumkinligi bildirilgan edi. Tunning ikkinçi yarmida esa vaziyat yaxşilanişi kutilgan.

Mutaxassislar havo sifati yomonlaşuvini keçki soatlarda haroratning pasayişi, şamolning kuçsizligi va harorat inversiyasi bilan izohlagan. Bu omillar mahalliy hamda qöşni hududlarda şakllangan ifloslantiruvçi moddalar va PM zarraçalarining tarqalişini çeklaydi. Ayni paytda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan monitoring qilib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring