Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-yarim yillikda davlat daromadlari 19 foizdan ko‘proqqa oshgan

1-yarim yillikda davlat daromadlari 19 foizdan ko‘proqqa oshgan

Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2025 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini o‘qib eshittiryapti.

Hisobotda qayd etilishicha, 2025 yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga oshgan va deyarli barcha soliq turlari bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan.

Davlat budjetining xarajatlari esa hisobot davrida 173,3 trln so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 16 foizga o‘sgan. Bunda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratish davlat moliyaviy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida saqlanib qolayotganligi deputatlar tomonidan alohida e’tirof etildi. Buni sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajmining yildan yilga oshib borayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy xarajatlar uchun Davlat budjetidan 86,2 trln so‘m yoki 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,1 trln so‘mga ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu esa jami xarajatlarning 49,8 foizini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring