Andijon viloyati — kiyim-kechak ishlab chiqarishda mamlakatimizda yaqqol peshqadam
2025-yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 43,1 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan.
E’tiborli tomoni, Andijon viloyati — kiyim-kechak ishlab chiqarishda mamlakatimizda yaqqol peshqadam (o‘tgan yili viloyatda 19,7 trln so‘m qiymatidagi mahsulot ishlab chiqarilgan).
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi:
- Andijon viloyati — 19,7 trln so‘m
- Namangan viloyati — 3,9 trln so‘m
- Toshkent viloyati — 3,6 trln so‘m
- Toshkent shahri — 2,9 trln so‘m
- Farg‘ona viloyati — 2,8 trln so‘m
- Navoiy viloyati — 2,1 trln so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 1,8 trln so‘m
- Buxoro viloyati — 1,8 trln so‘m
- Samarqand viloyati — 1,3 trln so‘m
- Surxondaryo viloyati — 634,9 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati — 576,3 mlrd so‘m
- Xorazm viloyati — 565,9 mlrd so‘m
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 560,3 mlrd so‘m
- Sirdaryo viloyati — 442,2 mlrd so‘m.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter