Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorda narx-navo qanday?

Bozorda narx-navo qanday?

Bozorda narxlar oshib ketgani, xususan, go‘sht narxi 80-90 mingga yetgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Xabar.uz muxbiri kecha Farhod bozorida bo‘ldi va narx-navoni o‘rganib chiqdi.

O‘rganish natijasida, mol go‘shti 58 ming so‘mdan 68 ming so‘mga qadar sotilayotgani aniqlandi. Qo‘y go‘shti ba’zi joylarda 73 ming so‘mdan sotilmoqda.

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan birinchi navli unning bir kilogrammi 4500 so‘mdan boshlansa, oliy navli un 6 500 so‘mgacha bo‘lib turibdi. Guruch narxida ham katta o‘zgarish kuzatilmagan — 5 000 so‘mdan 16 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda turli sifatga ega mahsulot xarid qilish mumkin.

Tuxum 900 so‘mdan 1200 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

Bozor ma’muriyati tomonidan Xabar.uz’ga ma’lum qilinishicha, xalqimizga arzonlashtirilgan narxda sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, maxsus yarmarkalardan xaridni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Xususan, bunday rastalarda go‘shtni 55 000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Shuningdek, tuxum 800-900 so‘m, shakar 5800-6000 va o‘simlik yog‘i 11 500 so‘mdan sotilmoqda. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan unning bir kilogrammiga esa 2800 so‘m narx belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring