Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqqani haqida gapirdi

Prezident O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqqani haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi.

«So‘nggi besh yilda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, «Cotton Campaign» kuni-kecha O‘zbekistonni «qora ro‘yxati»dan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.

Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xom-ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo‘shimcha 1,5 mlrd dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo‘ladi», dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, xom-ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:

  • eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;
  • loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi;
  • ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;
  • olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring