Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vazirligi «Mitsubishi» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Energetika vazirligi «Mitsubishi» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Foto: Energetika vazirligi

13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Mitsubishi» kompaniyasi Xalqaro departamenti Bosh menejeri, SOO kompaniyalari guruhi o‘rinbosari Kazuxiro Vatanabe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy qo‘mitasi 15-yig‘ilishning amaliy-tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, energetika va neft-gaz sohasidagi yangi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Navoiy IESda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining 3-4 bosqichi qurilishi, shuningdek Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatish va servis markazlarini tashkil etish shular jumlasidan.

Uchrashuvda shuningdek, «Mitsubishi» kompaniyasi MTO gaz-kimyo klasterlari yaratish bo‘yicha loyihalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring