Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Open budjet» qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

«Open budjet» qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

2024-yil uchun «Tashabbusli budjet»ning birinchi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-20-fevral kunlari loyihalarni kiritish uchun ajratilgan. Loyihalarni saralash 21-fevraldan 11-martga qadar davom etadi. Ovoz berish jarayoni 12–31-mart kunlari o‘tkaziladi.

Qayd qilinishicha, ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

2024-yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘m qilib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, xalq tilida «Open budjet» nomini olgan jarayonning 2023-yil ikki mavsumi bahor va yozda o‘tkazilgandi. O‘tgan yili jami 106 mingdan ortiq tashabbus ilgari surilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring