Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» uchinchi «Dreamliner» samolyotini qabul qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» uchinchi «Dreamliner» samolyotini qabul qildi

Foto: «MAK»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining aviaparki navbatdagi yangi avlod samolyoti — «Boeing-787 Dreamliner» bilan to‘ldirildi, deb xabar berdi MAK axborot xizmati.

Havo laynerini O‘zbekistonga Milliy aviakompaniya ekipaji: MAK uchuv-uslubiy bo‘limi bosh uchuvchi-yo‘riqchisi Iosif Zak, «Boeing-787» uchuvchilar otryadi komadir o‘rinbosari Shahzod Ikromov hamda ikkinchi uchuvchi Olimjon Uzoqov olib kelishdi.

Aviakompaniyaning ushbu rusumdagi uchinchi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita «Boeing-787 Dreamliner»dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni ziyodligi va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi.

Ikki klassli komponovkada ishlangan samolyotning keng sahni 270 o‘rindiqqa (biznes klassi — 24, iqtisodiyot klassi — 246) ega. Laynerning qulay va keng o‘rindiqlar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar, pol qoplamalari hamda alohida har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar bilan jihozlanganligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilariga parvozlarini yuqori darajadagi qulaylikda, maroqli o‘tkazishlariga imkon yaratadi.

Istiqboldagi rejalarga ko‘ra, milliy aviakompaniya parki 2020-yilga qadar ushbu rusumdagi oltita samolyotga ega bo‘ladi.

Yangi «Dreamliner» aviakompaniyaning parvozlar jadvaliga kiritilgan bo‘lib, uzoq masofalardagi qatnovlarda ekspluatatsiya qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring