Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston piyoz eksporti bo‘yicha top-5 davlatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston piyoz eksporti bo‘yicha top-5 davlatlar qatoriga kirdi

Foto: Xabar. uz

O‘zbekiston piyoz eksporti dunyoning eng yirik 5 ta eksportyorlari qatoridan joy oldi

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston piyoz eksporti bo‘yicha dunyo beshligiga kirayotgan yangi davlat hisoblanadi. 

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda. 

O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, respublikamiz yiliga 250 ming tonnagacha piyoz eksport qiluvchi dunyodagi 10 ta mamlakatdan biriga aylangan edi.  

Ekspertlar joriy yil yakunigacha O‘zbekistonda piyoz eksporti rekord darajaga yetib, birinchi marta 300 ming tonnadan oshishi kutilayotganligini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda piyoz qimmatlashgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring