O‘zbekiston xorijdan qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olmoqda?
2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sishni namoyon qilgan.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va transport asbob-uskunalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha import hajmi 5,5 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bir yil oldingi davrga nisbatan 29,1 foizga oshgan.
Sanoat tovarlari import hajmi 2,5 milliard dollarga yetdi va 17,1 foizlik o‘sish qayd etildi. Kimyoviy vositalar hamda ularga o‘xshash mahsulotlar importi esa 2 milliard dollar bo‘lib, 22,6 foizga ko‘paydi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importi 1,9 milliard dollarga yetdi. Bu yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati 47,2 foizni tashkil etib, asosiy toifalar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
Shuningdek, xizmatlar importi 1,6 milliard dollar, mineral yoqilg‘i va moylash materiallari importi 1,4 milliard dollarga yetgan. Har ikki yo‘nalishda ham ikki xonali o‘sish sur’atlari kuzatilgan.
Turli xil tayyor buyumlar importi 585,7 million dollar, nooziq-ovqat xomashyosi importi 464,8 million dollar bo‘ldi. Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar hamda mumlar importi 217,7 million dollarga yetgan. Ichimliklar va tamaki mahsulotlari importi esa 100,5 million dollarni tashkil qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter