Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Hindistonga yetib bordi

Prezident Hindistonga yetib bordi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 17-yanvar kuni amaliy tashrif bilan Hindistonning Ahmadobod shahriga keldi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Ahmadobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Hindiston Respublikasi rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Davlat rahbari 18-yanvar kuni Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida o‘tadigan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etadi.

Avval xabar qilinganidek, Prezident sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, Bosh vazir Narendra Modi bilan O‘zbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi.

Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan Gandinagar shahrida 2003-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Jo‘shqin Gujarat» sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar qatnashadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Jo‘shqin Gujarat – 2019» xalqaro investitsiya sammitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan asosiy mehmon, shuningdek, Hindiston hamkori sifatida ishtirok etadi.

An’anaga ko‘ra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring