Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident topshirig‘iga binoan mineral o‘g‘itlar narxi tushiriladi

Prezident topshirig‘iga binoan mineral o‘g‘itlar narxi tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 12 fevral kuni o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga binoan:

- Mineral o‘g‘itlar narxi 15% ga tushiriladi.

- Har bir tumanda 70 yangi mineral o‘g‘itlar ombori tashkil etiladi. Hozirgi kunda 115 ta mineral o‘g‘itlar ombori faoliyat ko‘rsatmoqda.

- 10 martdan boshlab har bir mineral o‘g‘it qopi ichida mahsulot qachon ishlab chiqarilgani, qachon yuklangani va qachon omborxonaga yetkazilgani kabi ma’lumotlar ko‘rsatilgan maxsus metka bo‘ladi. Ma’lumotlarni ko‘rish uchun metkani skanerlash kifoya.

- Mineral o‘g‘itning sifat sertifikati ham metkada taqdim etiladi.

- Mineral o‘g‘itlar narxi oshishining oldini olish maqsadida korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni takomillashtiriladi.

- Fermerlarni mavjud mineral o‘g‘itlar haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun maxsus telegram bot @mineralugitbot ishga tushirildi.

- Shuningdek, fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar +998971363314 +998971363319 telefon raqamlari orqali ham mineral o‘g‘itlar bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirishi mumkin.

Vazifalar ijrosi yuzasidan «O‘zkimyosanoat» AJ tizimining 150 nafardan ortiq xodimlaridan iborat ishchi guruhi tumanlarga safarbar etilgan. Qolaversa, ishchi guruhi joylarga sifatli o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, fermerlarga ajratilayotgan mablag‘larning samarali sarflanishini, birjadan sotib olish tartibini fermerlarga tushuntirish, brokerlarga qanday murojaat qilish, u orqali mineral o‘g‘itlarni birja savdolari orqali sotib olish, tiketni korxonaga yetkazish yoki ushbu tiket orqali omborxonadan yuklash xizmatlari tizimi va tartibini aniq tushuntirish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring