Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda tadbirkorlarning qariyb 83 mln qarzidan voz kechildi

Surxondaryoda tadbirkorlarning qariyb 83 mln qarzidan voz kechildi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatida faoliyatini tiklagan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan 16 nafar tadbirkorning 82 million 817 ming so‘mlik soliq qarzdorligi viloyat soliq boshqarmasi tomonidan hisobdan chiqarildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Aytilishicha, 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana da takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni asosida 2018-yilning 1-apreliga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan va davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslar 2019-yilning 1-yanvariga qadar tadbirkorlik faoliyatini tiklasa va davlat ro‘yxatidan o‘tsa, uningsoliq qarzdorligi hisobdan chiqariladi.

Moliyaviy qiyinchiliklar sababli faoliyatimni to‘xtatgan edim, – dedi yakka tartibdagi tadbirkor Shokir Shukurov. – Qayta ro‘yxatdan o‘tib, faoliyatimni tikladim. 28 million 647 ming so‘mlik soliqdan qarzdorligim olib tashlandi”.

Ta’kidlash joizki, 2018-yilning 1-apreliga qadar viloyatdagi 2318 nafar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning, 444 nafari moliyaviy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda 314 nafar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun yillik hisoblangan qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslar 2019-yilning 1-yanvariga qadar qonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ysa, ularning qat’iy belgilangan soliq va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzi hisobdan chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring