Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston nega O‘zbekistonga traktorlarni qaytarmoqda?

Tojikiston nega O‘zbekistonga traktorlarni qaytarmoqda?

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, ta’mirlash sifatini tubdan takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlab deputatlar xolding hududidagi maxsus ko‘rgazmali maydonda joylashgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlar hamda «Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, qolaversa, «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ dagi ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Deputatlar tashrifi vaqtida bir qator muammoli masalalar ham ko‘tarilgan. So‘nggi vaqtlarda ayrim fermerlarning O‘zbekistonda chiqarilayotgan traktorlardan nolish holatlari kuzatilmoqda. Bunga sabab nima? Texnika nosozmi yoki boshqa omillar ham bormi? Korxona vakillari bu masalaning sababini dizel yoqilg‘isiga bog‘lashdi. Traktorlarning yaxshi ishlashi uchun yoqilg‘i sifatli bo‘lishi lozim. Dizel yoqilg‘isi zavoddan sifatli chiqadi, ammo uning bir necha qo‘ldan o‘tib fermerga yetib borgunicha sifati buzilishi (ko‘paytirib sotish uchun qo‘shimchalar qo‘shilishi) kuzatilmoqda ekan. Yomon yoqilg‘iga esa traktorlar yaxshi yurmaydi, buzilish holatlari uchraydi. Bu esa fermerlarda norozilik kayfiyatini uyg‘otadi. Korxona xodimlari deputatlardan shu masalani o‘rganish va nazorat qilishni so‘rashgan.

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

Yana bir masala: internet nashrlarida Tojikiston O‘zbekistonga traktor eksport qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ bu xabarlarni inkor etdi. Gap shundaki, Tojikistonning «Madad-Agro» lizing kompaniyasi «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi»dan 355.0 ming AQSh dollari miqdoridagi qarzini to‘lay olmay, qarzni qoplash maqsadida o‘zlarida chiqarilayotgan «Belarus» traktorlarini berayotganini zavod ma’muriyati rasman ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizimidagi korxonalar tomonidan jami 11570 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqilgan. 2018-yilda umumiy qiymati 10,64 mln. AQSh dollariga teng qishloq xo‘jaligi texnikalari qo‘shni mamlakatlarga eksport qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring