Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab hisob-kitobning yangi tizimiga o‘tiladi

2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab hisob-kitobning yangi tizimiga o‘tiladi

«Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv. metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi.

2020-yil 1-yanvardan aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi.

Qarorga ko‘ra, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 2019-2024-yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkaziladi.

Aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar asosida yetkazib berish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilgan taqdirda esa ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan 2019-2022-yillarda respublikaning issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring