Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

28 yoshli ayolga bir yigitni «isitib» berishni va’da qilgan «sehrgar» ushlandi

28 yoshli ayolga bir yigitni «isitib» berishni va’da qilgan «sehrgar» ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Yolg‘on ishlatib bir ayolni chuv tushirgan va tilla hamda pullarini olgan «sehrgar»ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Zilola A. murojaat qildi. U o‘z arizasida unga bir yigitni «isitib» berishni va’da qilgan 20 yoshli Valentina S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Valentina S. o‘z «xizmatlari» uchun Ziloladan 450.000 so‘m va umumiy qiymati 32.890.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlar olgan. Ammo «sehrgar» o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz firibgarlik qurboni bo‘lgan bo‘lsangiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring