Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DSQda videoselektor: 9 ta tuman soliq inspeksiyasi rahbarlari ishdan olindi

DSQda videoselektor: 9 ta tuman soliq inspeksiyasi rahbarlari ishdan olindi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasida 2019-yil sarhisobi hamda prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlarining 2020-yildagi strategik vazifalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar o‘tkazildi.

Videoselektor shaklida tashkil etilgan mazkur seminarda respublikadagi barcha viloyat davlat soliq boshqarmalari va shahar(tuman) soliq inspeksiyalari qamrab olindi.

Budjet daromadlarining yuqori bo‘lganligi 2019-yildagi ishlarning ijobiy natijasi orasida qayd etildi. O‘tgan yilda respublikada soliq tushumlari 154 foizga oshdi. Bu borada eng yaxshi natijalarga Navoiy (186%) va Xorazm (165%) viloyatlari erishdi.

Mamlakatdagi 200 ta davlat soliq inspeksiyasidan 136 tasida (68%) tushumlarning o‘sish darajasi respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lishiga erishildi.

Seminar davomida 31 ta davlat soliq inspeksiyasi budjet tushumlarining maksimal hajmi va yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani qayd etildi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Shu bilan birga, 9 ta tuman inspeksiyasi eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan va belgilangan vazifalarni bajara olmagan. Bular Sayxunobod, Dehqonobod, Narpay, Xo‘jaobod, Baliqchi, Qumqo‘rg‘on, G‘uzor, Forish va Romitan tumanlari DSIlari bo‘lib, ularning rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tadbirda tayinlovlar ham e’lon qilindi. Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati xodimlaridan 7 nafari yangi lavozimlarga tayinlandi. Yana 9 nafar xodim esa hududiy davlat soliq organlarida turli lavozimlarga tayinlandi.

Seminardavomida 2020-yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilab olindi.

Xususan, joriy yilda barcha davlat soliq boshqarmalari va inspeksiyalarida xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari koeffitsiyentini aniqlash (KPI) tizimi tatbiq etiladi.

Joriy yil davomida daromad solig‘i to‘lovchilari sonini 500 mingga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bunga erishish  maqsadida I chorakning o‘zida ularning sonini 150 mingga ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Segmentlash va soliq to‘lovchilar bilan maqsadli ishlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish 2020 yilda e’tibor qaratiladigan eng muhim sohalar ekanligi ta’kidlandi.

Seminarda qayd etilganidek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bu yil soliq xizmati uchun ustuvor vazifa bo‘ladi. Tizimga zamonaviy axborot texnogiyalari yanada kengroq joriy etiladi. Jumladan, endi soliq nazorati tadbirlari o‘tkazilganda ular video tasvirga olinadi. Bundan tashqari, QR-kodli xarid cheklari orqali yutuqli lotereya o‘yinlari va aksiyalar o‘tkazish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Joriy yilda DSQ huzurida Fiskal instituti ochiladi. Uni tashkil etishda xalqaro ekspertlarjalb etiladi.

Soliq tizimini raqamlashtirish, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘nalishida hududiy soliq boshqarmalari va inspeksiyalar faol ish olib boradilar.

2020 yilda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka ham katta ahamiyat beriladi. Zero, soliq organlari keng jamoatchilik uchun ochiq va shaffof tizimga aylandi va bu davom ettiriladi, deyiladi DSQ matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring