Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasiga rahbar bo‘ldi

Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasiga rahbar bo‘ldi

Abdulaziz Aqqulov (o‘ngda). Umid Shadiyev (chapda).

Turizm qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi. Prezidentning tegishli qarorlari bilan:

– Umid Rustamovich Shadiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimda 2023-yildan buyon ishlayotgandi. 

Abdulaziz O‘rolboyevich Aqqulov O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Abdulaziz Aqqulov 2017–2018-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2018-yilda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2018–2020-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2020–2021-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2021-yil 9-aprelidan buyon Turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida, so‘ngra BAAda elchi sifatida ishlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring