Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktyor va blogerlar yomon maktablar ma’naviyatiga yordamlashadi

Aktyor va blogerlar yomon maktablar ma’naviyatiga yordamlashadi

Serialdan skrinshot

1 sentyabrdan barcha tuman va shaharlar kesimida «Namunali maktab» reytingi joriy etiladi. Yomon natija qayd etgan maktablar ma’naviyatini oshirishda esa aktyorlar, sportchilar, biznesmenlar va blogerlar guruhi yordam beradi.

«Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, reyting doirasida har o‘quv yili yakunida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha baholab boriladi.

Buning uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini baholash va reytingni yuritish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari boshliqlari rahbarligida maxsus komissiyalar tuziladi hamda ularning xulosalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reyting ko‘rsatkichlari asosida «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring