Toshkent avtobuslarida harorat rejimiga amal qilinishi yuzasidan tekshiruvlar kuchaytirildi
Toshkent jamoat transportida qulay haroratni saqlash yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda poytaxt yer usti shahar transporti 169 ta yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Ma’lum qilinishicha, tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus va elektrobuslar salonlarida sovitish tizimlari (konditsionerlar)dan foydalanish hamda salon ichidagi haroratni +26°C darajada saqlash belgilangan.
Transport vazirining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh brutto-shartnomasiga muvofiq sifat mezonlarining bajarilish holatlarini yo‘nalishlarga chiqqan holda nazorat qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter