Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim harbiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari e’lon qilindi

Ayrim harbiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari e’lon qilindi

Mudofaa sohasida qo‘llanilayotgan xorijiy atamalarni o‘zbekcha milliy muqobillar bilan almashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari tomonidan taqdim etilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari yuzasidan qo‘shimcha fikr va takliflarni ham qabul qilishini ma’lum qildi. Fuqarolar o‘z mulohazalarini izohlar orqali bildirishga chaqirildi. 

Chet tilidagi so‘z va atamalar — O‘zbekcha muqobili

  1. Akselbant — Zarhal bog‘(ich)
  2. Ambrazura — Shinak
  3. Ataka — Hamla
  4. Baraban — Nog‘ora
  5. Barabanchi — Nog‘orachi
  6. Blindaj — Panajoy
  7. Blokada — Qamal
  8. Blokpost — To‘siqpost
  9. Bronejilet — Zirhnimcha
  10. Veshmeshok — Yukxalta
  11. Gauptvaxta — Tutuqxona
  12. Gorn — Burg‘u
  13. Gornchi — Burg‘uchi
  14. Diversant — Qo‘poruvchi
  15. Diversiya — Qo‘poruvchilik
  16. Dozor — Erovul
  17. DOT (Dolgovremennaya ognevaya tochka) — UMMON (uzoq muddatga mo‘ljallangan otish nuqtasi)
  18. Dubinka — Tayoq
  19. Zapal — Chaqnatkich
  20. Kaska — Dubulg‘a
  21. Kokarda — Jig‘a
  22. Kotelok — Qozoncha
  23. Kursant — Kursant, tinglovchi
  24. Lager — Jamloq
  25. Marsh — Yurish
  26. Mishen — Nishon
  27. Okop — Xandaq
  28. Payok — Payok (payok so‘zi umumturkiy pay so‘ziga ruscha -k kichraytirish qo‘shimchasini qo‘shishdan yasalgan)
  29. Planshet (harbiylar sumkasi) — Yonchiq
  30. Poligon — Dala o‘quv maydoni
  31. Protivogaz — Gazniqob
  32. Rejim — Tartibot
  33. Stvol — O‘qquvur
  34. Transheya — Xandaq yo‘lagi
  35. Trevoga — Bong
  36. Trenchik (furajkaning zanjiri) — Zanjirbog‘
  37. Tribunal — Harbiy mahkama
  38. Fortifikatsiya — Istehkom
  39. Furajka — Bo‘rk
  40. Shevron — Uqa
  41. Emblema — Tanuq

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring