Azizbek O‘runov yana bir lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov o‘rindoshlik asosida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Elyor Talaboyev Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.
Furqat Jalilov Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter