Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bekobodda ishchilar majburiy tarzda paxta dalalariga haydalgan» — Mehnat vazirligi

«Bekobodda ishchilar majburiy tarzda paxta dalalariga haydalgan» — Mehnat vazirligi

Mehnat vazirligi majburiy mehnatga qarshi amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi tadbirlarga qaramay, hamon qonun buzilish holatlari uchrayotgani haqida xabar qilganini ma’lum qilgandik.

Vazirlikning Navoiy viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlarida ma’lum bo‘lishicha, terilgan paxtaning bir kilogrammi uchun belgilangan mablag‘ hamda ishchilarga amalda to‘lanayotgan pul miqdori o‘rtasida farq bor. Ustiga-ustak ish beruvchilar terimchilar bilan muloqotda muomala madaniyatiga amal qilmayapti. O‘rganishlar murojaatlarning asosli ekanini ko‘rsatdi hamda Karmana tumani«Elyor Diyor Karmana» F/X rahbari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-modda 1-qismi bilan jarimaga tortildi.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida joylashgan «Qahramon-Rasulota» fermer xo‘jaligi rahbari terimchilarga yetarli shart-sharoitlarni yaratib bera olmagani sabab, Nukus pedagogika instituti rektori esa qo‘lostidagi ishchilarni majburiy mehnatga jalb etgani tufayli jarimaga tortildi.

Toshkent viloyati Bekobod tumani «Agrokimyohimoya» AJ ishchilarining 100 nafarga yaqini majburiy tarzda paxta dalalariga haydalgan. Davlat mehnat inspeksiyasining o‘rganishlari davomida mazkur xabar o‘z tasdig‘ini topdi hamda Bekobod «Agrokimyoximoya» AJ direktoriga MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Bekobod tumani ma’muriy sudiga taqdim qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi barcha fuqarolarimizni majburiy mehnatga qarshi kurashga chaqiragan va quyidagilarni eslatib o‘tgan:

«Hurmatli yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatning har qanday shakli qonunga xilofdir! Agar Sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki mehnathuquqbot Telegram botiga murojaat qiling!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring