Bemor ayolning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan hamshiraga hukm o‘qildi

Buxorodv bemorning o‘limiga sabab bo‘lgan hamshira jazoga tortildi. Qorako‘l tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning “Tinchlik” filiali patronaj hamshirasi N.J. qamoq jazosiga hukm etildi.
U sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik)ning tegishli bandlari bilan 3 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, 45-modda (Muayyan huquqdan mahrum qilish)ga asosan, 1 yilu 6 oy tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi berilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, patranaj hamshira o‘z kasbiga beparvo va insofsizlarcha yondoshgani bois, 3 nafar farzandi bor yosh ayolning bevaqt vafotiga sabab bo‘lgan.
50 yoshli potranaj hamshira N.J. Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP «Tinchlik» filialiga o‘z sog‘ligidan shikoyat qilib kelgan fuqaro S.S.ga «Seftiraksion» dori vositasidan tayyorlangan sinamalarni noto‘g‘ri qo‘llagan. Hamshira bemorning o‘zi muolaja uchun olib kelgan seftriaksion dori vositasini novakain bilan eritib, shpritsga tortib, aralashtirib tayyorlagan. Eritilgan vositani bemorning o‘ng bilak sohasiga o‘tkazgan va uning ahvolini 20 minut kuzatib turgan. Bemor tanasida biror-bir o‘zgarishlar yuzaga kelmagach, muolaja xonasida eritmani o‘tkazgan. Oradan 1-2 daqiqa o‘tib, S.S.ning ahvolida o‘zgarishlar kuzatila boshlagan. Bemor qo‘li va oyoqlari qichishib, oyoqlari uvishayotgani, nafasi qisayotganini bildirgan.
Zudlik bilan reanimatsiya shifokorlariga xabar berilgan, bemorga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish boshlangan. Shunga qaramasdan, bemorda anafilaktik shok kuzatilib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyati yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Va shuning natijasida S.S. vafot etgan.
«Qorako‘l tuman sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, “S.S.ning o‘limi dori vositasi ta’sirida organizmning individual reaksiyasi natijasida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyati yetishmovchiligidan yuzaga kelgan. Ekspert o‘z kasbiga nisbatan beparvo va insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida odam o‘limiga sababchi bo‘lganini ko‘rsatgan. 2024 yilning avgust oyida sodir bo‘lgan holatga oid sud ishlari joriy yilning iyul oyida yakunlandi. Va sud hukmiga ko‘ra, potranaj hamshiraga nisbatan muqarrar jazo qo‘llanildi»,-dedi sud raisi Boborahim Ochilov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter