Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beruniy» metrosida yuz bergan hodisa ushbu yil hisobidan birinchisi emas

«Beruniy» metrosida yuz bergan hodisa ushbu yil hisobidan birinchisi emas

Foto: «metrotashkent.narod.ru»

Kecha, 19-mart kuni Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea yuz bergani haqida xabar qilgan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poyezd ostiga o‘zini tashlagan. Zudlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida ayol salomat holatda qutqarib qolingan.

Ayolga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokor va psixolog yetib kelgach, u ayolning stress holatda ekani aniqlangan.

«UzNews.uz» sayti ayolning shaxsiga oydinlik kiritgan — Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 39 yoshli Muhabbat A.ning ushbu xatti-harakati sababi noma’lumligicha qolmoqda.

«Gazeta.uz»ga ma’lum qilishlaricha, bu 2018-yilda metropolitendagi ikkinchi o‘z joniga qasd qilishga urinishdir. Fevral oyi boshida ayol kishi oilaviy muammolar sababli suiqasd qilishga harakat qilgan edi.

«Odatda bir yilda ikki-uch marta bunday holatlar bo‘lib turadi», — degan metropoliten vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring