Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir vazir, uch rais ogohlantirildi

Bir vazir, uch rais ogohlantirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
  • Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
  • Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki ta’sir o‘tkazish qat’iy taqiqlanadi.

Shuningdek, hujjat bilan suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.Abduvaliyev, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari davlat organlari va tashkilotlari foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining belgilangan tartibda to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlamaganligi uchun ogohlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring