Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerning moliya vaziriga maktubi e’lon qilindi

Blogerning moliya vaziriga maktubi e’lon qilindi

«Blogerlar chempionati-2018»da uchinchi o‘rinni egalagan o‘qituvchi-bloger Isroil Tillaboyev o‘qituvchilar maoshi masalasi yuzasidan O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga maktub yo‘lladi. Unda jamiyatda eng og‘riqli muammolardan biri bo‘lgan o‘qituvchilarning moliyaviy holati va maoshi masalasi ko‘tarilgan.

Blogerning fikricha, respublikada erkak o‘qituvchilarning kamayib ketishi va ta’lim sifatining pastligi uchun xalq ta’limi vaziri bilan birgalikda moliya vaziri ham javobgar.

Biroz avval «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilinib, o‘qituvchilar maoshi oshishi ma’lum qilingandi.

«Yaxshi o‘qituvchilar boshqa joylarga yoki boshqa ishlarga o‘tib ketayotgani, maktabda siz moliyachilar belgilab bergan oylik  bilan oila boqib bo‘lmasligi tufayli erkak o‘qituvchilar tashlab chiqib ketgani, birgina siz yashaydigan Toshkent shahrida ham 10% gina, Respublika miqyosida 30% erkak o‘qituvchi qolganligidan xabaringiz bor deb o‘ylayman. Ta’limning sifati talabga javob beradi deb o‘ylaysizmi? Bunga birgina Xalq ta’limi vaziri javobgar deb o‘ylaysizmi? Yo‘q! Bunga siz ham javobgarligingizni eslatib o‘taman, chunki siz belgilab berayotgan oylikka yarasha ta’lim shu bo‘ladi.  Hech yo‘q 2 barobarga oshirish taklifingizni kutgandik. Yo‘q, afsuski, siz Prezidentimizga 24% oshirishni taklif qilishdan u yog‘iga o‘tmadingiz. Demak, mana shu taklifingiz bilan o‘qituvchilar oyligini Respublikadagi o‘rtacha ish haqiga tenglab qo‘ydingiz, xolos (0,79*1,24=0,97). Ko‘ryapsizmi, o‘rtachaga ham yetmadi. Siz bugungi kun mamlakat moliya sohasiga javobgarsiz, albatta, yurt kelajagi ham Sizni qiziqtirmay qolmaydi.»  deya fikrini bayon qilgan bloger.

Bloger shuningdek, o‘qituvchilarga joriy etilayotgan avtokreditlarni ham kam maosh oladigan o‘qituvchilarga moslab kam foizli va uzoq muddatga berishni taklif qilgan. Uning fikricha, bu masalaga ham yuzaki e’tibor berilsa, o‘qituvchiga ortiqcha yuk bo‘lib tushishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring