Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun tunda Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bugun tunda Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 6 iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining «Toshkentland» bog‘idan Radisson mehmonxonasigacha bo‘lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 6 iyun kuni kechki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring