Buvaydalik direktor ishiga qayta tiklandi. Mehnat inspeksiyasi tushuntirish berdi
Joriy yilning avvalida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabi direktorining o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majbur qilgani aytilgan xabar berilgan edi.
Ammo bir muddat o‘tib, maktablarda xodimlarni navbatchilikka majburlash bo‘yicha XDFU (xizmat doirasida foydalanish uchun) grifi bilan hududiy boshqarmalarga yo‘llangan topshiriq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bergani ma’lum bo‘lgandi.
Unda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-dekabrdagi 245-sonli «Yangi yil bayramini yuqori darajada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi bayoni 28-bandi asos sifatida keltirilib, «25-dekabrdan 2026-yil 5-yanvarga qadar 24 soatlik uzluksiz navbatchilik hamda hududiy shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish» lozimligi aytiladi.
Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holat bilan bog‘liq holatni o‘rganib chiqdi.
Inspeksiyaga ko‘ra, o‘rganish jarayonida Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mehnat qonunchiligi talablari buzilgan holda maktab direktori lavozimidan ozod etilgani aniqlangan.
Shu bois inspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmaga asosan, Boshqarmaning 2026-yil 6-yanvardagi 1-k-sonli buyrug‘i bekor qilindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter